BUYUK SАN`АTKOR XOTIRАSIGА HURMАT NАMUNАSI

27 Aug, 2021 - 10:17
760
BUYUK SАN`АTKOR XOTIRАSIGА HURMАT NАMUNАSI

Botir Zokirov

Oʼzbekiston Respublikasi Prezident Farmoniga binoan, tavalludining 85 yilligi munosabati bilan oʼzbek estrada sanʼati asoschisi, xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk sanʼatkor, Oʼzbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. 

Botir Zokirov deganda koʼz oldimizda oʼzining buyuk isteʼdodi bilan minglab qalblarni zabt etgan noyob va betakror ijro sohibi gavdalanadi. 

Oʼzbek xalqining farzandlari bu xonandaning vatanga muhabbat, ota-onaga eʼzoz ruhidagi, yoshlik tarovati, bolalik sogʼinchi, mehr-muhabbat, doʼstlik va sadoqat tuygʼulari tarannum etilgan qoʼshiqlari bilan ulgʼaygan. 

Hozirda ham xalqi qalbida oʼzidan oʼchmas iz qoldirgan Botir Zokirov ijrosidagi biror qoʼshiq yangrashi bilan yoshu-qari uning shirali va yoqimli xonishini ilk ijrodayoq tanib oladi. 

Oʼz yoʼnalishi bo`yicha xassos xonandaning oʼzbek estrada, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʼrtasida keng targʼib etishga qoʼshgan beqiyos hissasi yuksak qadrlanib, mukofotlangani - uning yorqin xotirasi va ijodiy merosiga boʼlgan hurmat namunasidir. 

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash