HАR BIR SАN'АTKOR SАHNАNING OLTIN QOIDАLАRIGА АMАL QILISI KERАK
14 Oct, 2021 - 15:15
893
Yunus Rajabiy nomidagi Oʼzbek milliy musiqa sanʼati instituti
Yunus Rajabiy nomidagi Oʼzbek milliy musiqa sanʼati instituti “Maqom cholgʼu ijrochiligi” kafedrasi III-kurs talabalariga “Sahna madaniyati” fanidan “Sahna etikasi va sahnaning oltin qoidalari” mavzusida dars oʼtdik.
Darsda ijrochilarning bugungi kun talabiga mos sahna madaniyatiga tayyorgarlik jarayonlari, sahna etikasi, tomoshabinga hurmat va shu kabi sahnaning oltin qoidalari, ularning ahamiyati va ushbu qoidalar nima uchun kerakligi borasida fikr yuritdik.
Shuningdek, mavzuga oid muammolar va kuzatilayotgan kamchiliklar yuzasidan talabalarning mulohazalarini tingladik.
Mavzudan kelib chiqib aytish mumkinki, sanʼatkor bilimi, madaniyati va odobi boshqalarnikidan baland, kamtarin inson boʼlishi kerak. Shundagina xalq mehriga sazovor boʼlib, eʼzozlanadi.
Ozodbek Nazarbekov,
Madaniyat vaziri