8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
08 Dec, 2023 - 08:44
286
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Konstitutsiya farovon hayot kafolati
Dunyoda hech bir davlat, hech bir jamiyat yoʻqki qonun bilan tartibga solinmagan boʻlsa. Har birida xalq manfati, insonlar shaʼni, qadr qimmati huquqiy kafolatlargani bois ham dunyoda muvozanat barqaror boʻlib kelmoqda.
Joriy yilning birinchi choragida boʻlib oʻtgan umumxalq referendumda xalqimiz xohish-irodasi asosida qabul qilingan Yangi Bosh Qomusimizda ham yaratishda avvalo milliy davlatchilik tajribamizga tayanilgan. Uning negizida ota-bobolarimizdan qolgan bebaho meros – oʻz fuqarolari, raiyat gʻamida ish olib borishdek ulugʻ qadriyat bor...
Tahlillarga koʻra, har tomonlama katta davlatga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekiston aholisi 2040-yilga borib 50 millionga yetadi. Tabiiyki, jamiyatning yarmidan koʻpini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib sharoit yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar boʻlishi lozim. Ayonki, bu yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda oʻz aksini topdi.
Bugungi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman!
Barchangizga sogʻlik-omonlik, oilaviy farovonlik tilayman.
Yurtimiz osmoni hamisha tinch va musaffo boʻlsin!
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov