MАDАNIY UCHRАSHUV

27 Oct, 2021 - 22:00
858
MАDАNIY UCHRАSHUV

Moskva shahri

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Moskva shahrida boʼlib oʼtayotgan Oʼzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi hukumatlari oʼrtasida iqtisodiy hamkorlik boʼyicha qoʼshma komissiyasi majlisi doirasida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri oʼrinbosari O.Yarilova bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida, har ikki davlat oʼrtasida yoʼlga qoʼyilgan madaniy aloqalarni yangi pogʼonaga olib chiqish, sohada tadbiq etilgan madaniy loyihalar yuzasidan yangi hamkorliklarni yoʼlga qoʼyish kabi masalalar muhokama etildi.


Muzokara yakunida, 2022 yilda Rossiya Federatsiyasida Oʼzbekiston madaniyat kunlarini oʼtkazish, 2022 yilda boʼlib oʼtadigan Sankt-Peterburg madaniyat forumida Oʼzbekistonni mehmon davlat sifatida ishtirokini taʼminlash, teatr sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda madaniyat yoʼnalishidagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning oʼzaro malaka oshirishini yoʼlga qoʼyish kabi kelishuvlarga erishildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash