Korrupsiyani birgalikda yengamiz!
06 Nov, 2023 - 10:01
367
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish bo‘lmaydi.
Navoiy viloyati Nurota tumani 5-son bolalar musiqa va san'at maktabida Madaniyat vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Komiljon Rahimov tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Uchrashuvda Nurota tumaning musiqa va san'at maktabi, tuman madaniyat bo'limi rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, seminar davomida rahbarlarning mas’uliyatini oshirish va o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.