Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati shakllanishi zarur

02 Nov, 2023 - 09:58
314
Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati shakllanishi zarur

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Madaniyat vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Komiljon Raximov tomonidan Navoiydagi madaniyat va san’at maktablari rahbar va xodimlari uchun seminar tashkil etildi. 
   
Unda K.Raximov korrupsiya mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy va umuman, milliy xavfsizligiga bevosita taʼsir qilishi, hamda bu illatning salbiy oqibatlari fuqarolar oʻrtasida loqaydlik va qonun buzarlikning shakllanishiga olib kelishini bildirdi.

Korrupsiyadan xalos boʻlish uchun inson tafakkurini, dunyoqarashini oʻzgartirishimiz, uni stereotiplardan xalos qilishimiz va unga jazoning muqarrarligini seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.
   
Shundan so‘ng, seminarda Navoiy viloyat Prokuraturasi mas'ul xodimi U.Pulatov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida alohida to‘htalib o‘tdi.

Аholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligini bildirdi.

Seminar yakunida  Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i N.Niyazov madaniyat va san’at maktablari rahbar va xodimlariga aslida korrupsiyaga qarshi tarbiyani maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlasak, yaʼni farzandlarimizni bolaligidan korrupsiyaga qarshi murosasiz tarbiyalasak, ertamizning nurli kelajagini taʼminlagan boʻlar edik deb ta’kidladi.

Boshqacha ifodalaganda, adolatsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lishni o‘zimizdan boshlashimiz zarur. Zero, bu borada har bir fuqaroning huquqi qonuniy asosda qat’iy kafolatlangan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash