Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
26 Oct, 2023 - 12:02
485
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Korrupsiya nima? Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, bugungi kunda yetuk mutaxassislar, zamonaviy kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurash dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Korrupsiyaning oqibatlari, uning oldini olish yo‘llarini tushuntirish maqsadida Madaniyat vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Komiljon Raximov tomonidan Toshkent viloyati "Tong" madaniyat markazida tizim xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda korrrupsiya va unga oid huquqbuzarliklar haqida so‘z yuritilib, madaniyat xodimlari tomonidan bu boradagi har qanday qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘yilib, tegishli jazoning muqarrarligi ta’minlanayotganligi bildirdi.