TАYINLOV

11 Oct, 2021 - 17:46
754
TАYINLOV

"Uspenskiy" musiqa maktabi

Madaniyat vazirligining tegishli buyrugʼi bilan Zairov Zair Kamildjanovich V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Zair Zairov 1984 yil Toshkent shahrida tugʼilgan. 2005 yil Oʼzbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr, 2007 yil magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Teatr va tomosha muassasalari ishlari boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 

Shu kunga qadar Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 

Madaniyat vazirligi Zair Zairovga kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaydi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash