Bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi
01 Mar, 2023 - 10:15
574
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 28-fevral kuni Kitob tuman 10-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Yangi innovatsiya va gʻoyalar” shiori ostida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda viloyat bolalar musiqa va san’at maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar avvalida, maktab faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Seminar davomida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, isteʼdodlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ta'lim sifatini yanada oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.