Bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

01 Mar, 2023 - 10:15
573
Bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 28-fevral kuni Kitob tuman 10-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Yangi innovatsiya va gʻoyalar” shiori ostida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.

Unda   viloyat bolalar musiqa va san’at maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar avvalida, maktab faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Seminar davomida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, isteʼdodlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek,  ta'lim sifatini yanada oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash