Festivalga mezbonlik navbati Gulistonga

26 Feb, 2023 - 20:38
1081
Festivalga mezbonlik navbati Gulistonga

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi tashkiliy-ijodiy guruh Guliston shahrida bo‘lib, joriy yilning aprel' oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan  III  Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.


Jarayonda festivalni yuqori saviyada o‘tkazish hamda unda ishtirok etishi kutilayotgan mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur nufuzli anjumanga o‘tgan safar Nukus shahri mezbonlik qilgandi. 

Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash