Shokir Ahmedov 80 yoshda!
25 Feb, 2023 - 20:24
464
Axborot va matbuot xizmati
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Shokir Ahmedov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning ayyom munosabati bilan tabrigini vazir maslahatchisi Shavkatjon Ortiqov o‘qib eshittirdi.
Tadbirda qatnashgan el ardog‘idagi san’atkorlar, teatrlar vakillari Shokir Ahmedovning ko‘p yillik ijodiy faoliyatini e’tirof etishdi.
Hamkasblari, shogirdlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar kechaga yanada fayz bag‘ishladi.