HАR BIR ISHDА MАS'ULIYAT BOSH MEZON BOʼLISHI LOZIM
30 Sep, 2021 - 13:28
736
Ишчи гуруҳ йиғилиши
Maʼlumingizkim, Fargʼona viloyat teatr va kontsert saroyida viloyat hokimi oʼrinbosari Xurshid Аhmedov ishtirokida Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlari rahbarlari uchun kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazdik. Mazkur yigʼilishda bugun tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlarning mehnat faoliyati davomida yoʼl qoʼyayotgan xato va kamchiliklari, mavjud muammolar xususida toʼxtalib, ularni bartaraf etish yuzasidan kerakli koʼrsatma va tavsiyalar berdik.
Yigʼilish davomida tashkiliy masala koʼrilib, Tojibaev Jahongir Salimovichni Fargʼona viloyat madaniyat boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, shu kunga qadar viloyat boshqarma boshligʼi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jalilov Ikrom Ibrohimovich endilikda viloyat teatr va kontsert saroyi direktori, Qoʼqonov Аbdujalil Xolmatovich Oltiariq tuman madaniyat boʼlimi mudiri lavozimlarida oʼz mehnat faoliyatini davom ettiradi.
Oʼylaymizki, bugun tayinlangan rahbarlar yangi vazifalariga sidqidildan yondoshib, bildirilgan ishonchni oqlash, soha rivojiga oʼzining munosib hissasini qoʼshish uchun bor kuch, bilim va tajribasini ishga soladi.
Ularning keyingi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, samarali natijalar kutib qolamiz!
Ozodbek Nazarbekov,
Madaniyat vaziri