Indoneziyada “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusida taqdimotlar o‘tkazilmoqda

05 Feb, 2023 - 14:47
503
Indoneziyada “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusida taqdimotlar o‘tkazilmoqda

Axborot va matbuot xizmati

Ayni paytda Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiyasi Indoneziyada bo‘lib turibdi. 

Qayd etish joizki, Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. Shu yili Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi o‘tkaziladi.

Ta'kidlash kerakki, tashrif davomida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusida viloyatning turizm salohiyati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilmoqda. 

Shuningdek, turizm sohasi vakillarining “B2B” uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri hamda Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillarining rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda turizm sohasida hamkorlik qilish, Samarqandga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni tashkil etish, Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Maxdumi A’zam, Xoja Ahror Valiy, Abdi Dorun va Abdi Berun ziyoratgohlariga indoneziyaliklar uchun maxsus ziyorat turlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifi davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash