Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
26 Jan, 2023 - 18:21
495
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Bolalar musiqa va san’at maktablari direktor o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv kurslari davomida malakali o‘qituvchilar tomonidan so‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasida qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mohiyati, mehnat qonunchiligi, byudjet mablag‘laridan samalari foydalanish va o‘quv jarayonlarini yuksak saviyada tashkil etishga oid zarur bilim va ko‘nikmalar berib borilmoqda.
Binobarin, bugun xodimlar salohiyatini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir jabhada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Asosiy maqsad ham kadrlar salohiyati va taʼlim sifatini oshirish hamda ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirishdan iborat.