Milliy sanʼatimiz ustalari va yosh ijrochilar diqqatiga!
26 Jan, 2023 - 13:27
2066
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi ezgulik, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zing muborak, Yangi O‘zbekistonim!” qo‘shiqlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda taniqli va yosh xonandalar, kompozitor hamda bastakorlar tinchlik va go‘zallik, mehr-oqibat va muhabbat g‘oyalarini, inson qadrini ulug‘laydigan, yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini tarannum etadigan yangi musiqiy asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov uchun tayyorlagan ijod namunalaringizni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining “uzbekkonsert_navruz” telegram botiga yuboring.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan sanʼatkor va ijrochilar mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli bayram tantanalarida ishtirok etish hamda quyidagi pul mukofotlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin uchun 50 mln. so‘m,
2-o‘rin uchun 40 mln. so‘m,
3-o‘rin uchun 30 mln. so‘m .
Arizalar joriy yilning 1-fevralidan 20-fevraliga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari 2023-yilning 10-mart kuni eʼlon qilinadi.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni (95) 194-23-23 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
O‘z isteʼdod va mahoratingizni namoyon etib, Navro‘zning ko‘rki va tarovatini oshirishga, go‘zal bayramimizni yanada mazmunli o‘tkazishga hissa qo‘shing!