Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida
26 Jan, 2023 - 12:50
676
Axborot va matbuot xizmati
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Kitob ruhiyat ozuqasi, u bilan do‘stlashish insonni maʼnan yuksaltirish barobarida jahonga tanitadi, ezgulikka yetaklaydi.
Darhaqiqat, bugun Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Madaniyat markazlari, to‘garak, studiya, badiiy havaskorlik jamoalari rahbar - xodimlari uchun zarur o‘quv-metodik qo‘llanma, to‘plam, tavsiyanoma va boshqa tarqatma materiallarni chop etish, bolalar musiqa va sanat maktablarini notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, bugun Qashqadaryo viloyat madaniyat muassasasi tasarrufidagi 25 ta bolalar musiqa va san’at maktablari kutubxonasi fondiga vazirlik tashabbusi bilan nashr etilgan 13-turdagi 4500 dona o‘quv qo‘llanmalar hamda 180 donadan notalar toʻplamini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yana-da targʻib qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, orqali vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uygʻotishdan iborat.