Taniqli klipmeykerlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
26 Jan, 2023 - 11:13
653
Axborot va matbuot xizmati
So‘nggi yillarda milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda yosh avlodni yot g‘oyalar, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir. Muhimi, bunday sa’y-harakatlar zamirida har qanday tahdidlarga qarshi ma’rifat va ilm bilan kurashish maqsadi mujassam.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida taniqli klipmeykerlar bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda ham yoshlarni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Davron Sheraliyev xonandalarning kliplarini tasvirga olish borasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarga to‘xtalib, ularni hal qilishda muassasa o‘z vakolati doirasida yaqindan yordam berishini bildirdi.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, klipmeykerlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qator takliflar ilgari surildi.