Maqom – xalqimiz madaniyatining ajralmas qismi
24 Jan, 2023 - 13:53
676
Axborot va matbuot xizmati
Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom sanʼati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi boy ijodiy anʼanalari bilan maʼnaviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi.
Bugun milliy maqom san’atini rivojlantirish, yosh avlodni qadriyat va an’analarimiz, qolaversa, maqom san’atining kechasi va buguni bilan yaqindan tanishtirish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda.
Jumladan, bugun O‘zbek milliy maqom sanʼati muzeyi fondiga O‘zbekiston xalq hofizi Ismoiljon Vahobovga tegishli bo‘lgan doira, ukasi Isroiljon Vahobov tomonidan taqdim etildi.
Ushbu doira O‘zbekiston xalq hofizi Ismoiljon Vahobovga 1970-yilda O‘zbekiston xalq artisti G‘ofur Azimov tomonidan sovg‘a qilingan.
Hofiz ushbu doira bilan maqom va shu yo‘lda yaratilgan barcha kuy va qo‘shiqlarni mohirona ijro etgan.