O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida Tax Free ofislari ochildi

24 Jan, 2023 - 13:42
557
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida Tax Free ofislari ochildi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekistonda 2023-yil 1- yanvaridan boshlab chet el fuqarolari O‘zbekistonda chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda ular tomonidan to‘langan QQS summalarini qaytarish bo‘yicha tajriba tariqasida “Tax Free” tizimi joriy etildi.

 Mazkur shoxobchalarda malakali mutaxassislar tomonidan xizmat ko‘rsatilib, chet el davlati fuqarolarining haqiqatdan ham xaridni amalga oshirganliklari tekshiriladi va QQS qaytarish uchun hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Joriy yilning 2-yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroporti, shuningdek, Buxoro, Urganch, Samarqand, Farg‘ona xalqaro aeroportlarida xizmat ko‘rsatish punktlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad yurtimizga turistlarni ko‘proq jalb etish va mamlakatimizning turistik salohiyatini yana-da yuksaltirishdir.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash