Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

24 Jan, 2023 - 09:32
571
Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Axborot va matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida bolalar musiqa va san’at maktabilarining direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun maxsus qisqa muddatli malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kursi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati tomonidan institutda faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov tomonidan o‘tkazildi.

Mahorat darsi davomida tinglovchilarga yosh iqtidorlarni kashf etish ularni ijod pillapoyasida yo‘qolib ketmasligi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikr almashildi.

O‘quv kurslaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham kadrlar salohiyati va taʼlim sifatini oshirish hamda ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash