Kadrlar malakasi – muvaffaqiyat garovi

20 Jan, 2023 - 17:14
576
Kadrlar malakasi – muvaffaqiyat garovi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi. 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan taʼlim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Binobarin, bugun xodimlar salohiyatini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir jabhada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar malakasini oshirish borasida ham sezilarli ishlar qilinmoqda.
 
O‘quv kurslaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham kadrlar salohiyati va taʼlim sifatini oshirish hamda ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash