Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi
13 Jan, 2023 - 23:10
461
Axborot va matbuot xizmati
Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgustda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan.
U 1976 yil Fargʻona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida oʻqituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. “Fargʻona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan.
“Doʻstlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibasi Enaxon Siddiqova “Qorakoʻz turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Koʻngil ufqlari”, “Ishq ifori” kabi sheʼriy toʻplamlari, “Sirli tun faryodi” hikoyalar majmuasi, “Qizoyimlarga kelinlik saboqlari”, “Tibbiyot fidoyilari”, “Xaloskorlik”, “Eʼzozli ayollar” kabi publitsistik asarlar muallifi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.