Ustozlarga ehtirom
11 Jan, 2023 - 15:08
505
Axborot va matbuot xizmati
Ma’lumki, so‘ngi yillarda madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash, “Ustoz-shogird” an’analarini kelajak avlodga yetkazish, jumladan, madaniyat va san’at tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, shogirdlar chiqarib, bugungi kunda ustozlik maqomiga yetgan sohaning faxriy xodimlarini tavallud ayyomlari, xotira va ijodiy kechalarini tashkil etish, munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ana shunday ustoz san’atkorlardan biri o‘zbek madaniyati va sanʼatini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, samarali mehnat faoliyati mobaynida yuksak mahorati va ko‘p yillik tajribasi asosida ustoz-shogirdlik anʼanalarini munosib davom ettirish hamda sanʼat olamida ko‘plab yosh isteʼdodlarni kashf etish borasidagi faol izlanishlari olib borgan, Xadjayev Hotamjon Odilovich bu yil 79 yoshni qarshiladi.
Ustoz san’atkor 1945-yil 10-yanvarda Тoshkent shahrida tavallud topgan.
H.Xadjayev 1964-2005-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasida “Shodlik” ashula va raqs ansamblida yakkahon bosh xormestr va xonanda lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan 42 yildan ortiq samarali mehnat faoliyati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustoz san’atkor H.Xadjayev tavallud ayyomi bilan qutlash uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvar Tajiboyev ustoz san’atkorning xonadoniga tashrif buyurib muborakbod etdi.