Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida “Momo Yer” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi
09 Jan, 2023 - 11:50
578
Axborot va matbuot xizmati
Kuni kecha, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan viloyat ichki ishlar xodimlari uchun qirg‘iz adibi, buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Somon yo‘li” qissasi asosida sahnalashtirgan “Momo Yer” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Asar voqealari urush davrida bo‘lib o‘tgan judoliklar, ayriliqlar, yo‘qotishlar, bosh qaxramon To‘lg‘anoy timsolida yoritilgan. “Momo Yer” spektakli insonning urush bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashish jarayonida emas, balki vositali jarayonini o‘zida aks ettirgan.
“Momo Yer” spektakli maishiy turmush muammolarigagina o‘ralashib qolmay, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, boshga og‘ir kulfat tushganida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik kabi yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida aks ettirgan.