“Kitoblar karvoni” — Surxondaryoda

07 Jan, 2023 - 18:02
696
“Kitoblar karvoni” — Surxondaryoda

Axborot va matbuot xizmati

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda kitob muhim ahamiyat kasb etadi.

Kitob ruhiyat ozuqasi, u bilan do‘stlashish insonni maʼnan yuksaltirish barobarida jahonga tanitadi, ezgulikka yetaklaydi.

 Darhaqiqat, bugun Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Madaniyat markazlari, to‘garak, studiya, badiiy havaskorlik jamoalari rahbar - xodimlari uchun zarur o‘quv-metodik qo‘llanma, to‘plam, tavsiyanoma va boshqa tarqatma materiallarni chop etish,  bolalar musiqa va sanat maktablarini notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, bugun Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi kutubxonasiga vazirlik tashabbusi bilan nashr etilgan 13-turdagi 3500 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar hamda 2-turdagi 100 ga yaqin milliy musiqa cholg‘ularini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, bolalar musiqa va sanat maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida nashr etilgan notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar  hamda milliy musiqa asboblaridan iborat “Kitoblar karvoni” o‘z manzillari tomon yo‘l olishdi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yana-da targʻib qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, orqali vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uygʻotishdan iborat.

Zero, kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash