JENISBEK PIYAZOV: ENDI BEMALOL "O`ZBEKISTON VA QORAQALPOG`ISTON XALQ ARTISTI" DEB E`LON QILAVERINGLAR
30 Aug, 2021 - 14:45
768
Mukofotlash to`g`risida
Koʼksaroy qarorgohida bir guruh yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi davom etmoqda.
–Juda koʼp konsert va tadbirlarda boshlovchilar meni “Oʼzbekiston xalq artisti” deb eʼlon qilishar edi. Juda ham qiynalib ketuvdim ularni toʼgʼrilayverib, chunki buning javobgarligi bor. Sizga mingdan-ming rahmat, Shavkat Miromonovich, meni shu tashvishdan qutqardingiz. Boshlovchilar, endi bemalol bor ovozlaringda “Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston xalq artisti” deb eʼlon qilaveringlar, deya lutf qildi Jenisbek Piyazov.