Samarqandda “Prezident archasi” tadbirlari boshlandi
29 Dec, 2022 - 14:49
552
Axborot va matbuot xizmati
Yangi yil munosabati bilan yurtimiz bo'ylab turli bayram tantanalari o'tkazilmoqda. Jumaladan, Samarqand shahrida "Prezident archasi" tadbirlari boshlandi.
Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'i yonida bezatilgan archa atrofida ertak qahramonlari, ijodkorlar ishtirokida badiiy chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Tadbirga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, chin yetimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari taklif etilgan.