Sanʼatshunoslik instituti professori, sanʼatshunos va teatrshunos olima Rahmatullayeva Dilfuza Nazrullayevna bu yorugʻ olamni tark etdi
28 Dec, 2022 - 10:52
711
Axborot va matbuot xizmati
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti professori, sanʼatshunos va teatrshunos olima Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati boʻyicha Badiiy kengash aʼzosi Rahmatullayeva Dilfuza Nazrullayevna bu yorugʻ olamni tark etdi.
Dilfuza Raxmatullayeva yuzlab shogirdlar yetishtirgan jonkuyar ustoz, oʻzbek sanʼati va madaniyati rivojiga beminnat xizmat qilgan tajribali mutaxassis, farzandlariga mehribon ona edi.
Madaniyat vazirligi jamoasi ustozning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.