“Qora marvarid kapitani” spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi
22 Dec, 2022 - 09:09
441
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida sahnalashtirilgan Uchqun O‘sarovning “Qora marvarid kapitani” spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy kengash aʼzolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.
Mazkur sahna asari yosh tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sarguzashtlarga va turli voqealarga boy bo‘lgan tomoshadir.
Spektaklda bolajonlarni vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida hamda har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishida bilim manbai bo‘lgan kitobning o‘rni beqiyos ekanligi ilgari suriladi.
Mazkur spektakl rejissyori B.Mirmaxsudov tomonidan sahnalashtirilgan.
Yangi yil shou ertak-tomoshasi joriy yilning 25-dekabrdan 2023-yilning 10-yanvar sanasiga qadar har kuni soat 10.00, 12.00 va 14.00 da namoyish etiladi.
Chiptalarni soat 10.00 dan 18.00 ga qadar teatr kassalari va onlayn tarzda iTICKET.UZ saytidan olishingiz mumkin.