O'zbekiston xalq artisti Gulsara Yoqubova tavalludining 85 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi
21 Dec, 2022 - 15:36
484
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 20 dekabr kuni “Turkiston” sanʼat saroyida O‘zbekiston xalq artisti ustoz sanʼatkor Gulsara Yoqubova tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan yubiley konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Ustoz Gulsara Yoqubova 1965-2003 yillar oralig‘ida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda sifatida va 1968 yilda ansambl rahbari sifatida samarali faoliyat yuritgan. Qariyb 35 yildan ortiq mehnat faoliyati bilan soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ustoz sanʼatkor “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” kabi unvonlar bilan taqdirlangan.
Gulsara Yoqubova noyob ovoz sohibasi bo‘libgina qolmay mahoratli aktrisa hamdir sahnada Salomat ("Toshbolta oshiq"), Jonsuluv ("Jon qizlar"), Shakaroy ("Ishqing bilan") kabi rollarni ijro etgan.
Gulsara Yoqubova o‘zbek bastakorlari asarlari o‘rin olgan: O.Otajonovning "Boboyjonim" M.Mirzayevning "Yoshlar valsi", "Militsioner yorim bor", "Dalalar so‘lim so‘lim" kabi musiqa ijrolari bilan Minglab muhlislar olqishiga sazovor bo‘lgan . Ustoz sanʼatkorning 85 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kechada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvar Tajiboyev Yo‘ldoshevich O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan "Madaniyat va sanʼat fidokori" ko‘krak nishonini va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi maxsus tashakkurnomasini topshirdi.Yubiley konsertida so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq artisti va “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Aleksandir Bekjonovlar ham ustozga samimiy tilaklarini ishor qildi. Va “Lazgi" ashula va raqs ansamblining ijodkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qoshiqlar va jozibador raqslar konsert dasturini yana-da qizg‘in o‘tishiga zamin yaratib berdi.