Har bir ijro o‘ziga xos bo‘ldi
21 Dec, 2022 - 15:17
535
Axborot va matbuot xizmati
“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Sevimli yulduz” loyihasida ijodimizdan o‘rin olgan qo‘shiqlar sanʼatkor do‘stlarimiz, shogirdlarimiz tomonidan ijro etildi.
Ochig‘i, shogird bo‘lib sahnaga chiqish tuyg‘usi boshqa ekanu, ustoz sifatida ularni tinglash tuyg‘usi butunlay o‘zga his ekan. Buni so‘z bilan taʼriflash qiyin.
Har bir ijodkor qo‘shiqlarni o‘z talqinida, o‘zgacha jilo berib kuyladi. Ularni tinglab, ko‘ngil tog‘dek ko‘tarildi. Umid qilamanki, ushbu loyihada qatnashgan barcha sanʼatkorlar kun kelib o‘z ijod namunalarini shogirdlaridan tinglab, bizga baxsh etilgan hayajonli onlarni boshdan kechiradilar. Sanʼatkor uchun bu katta baxt aslida.
Albatta, har qanday ijroga xolis bahoni xalqimiz beradi. Hademay “Sevimli yulduz”da hammasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Nima bo‘lganda ham, ijodimizni hurmat qilib, qo‘shiqlarimizni kuylagani uchun barcha sanʼatkorlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Hamisha el ardog‘ida bo‘lib yurish nasib etsin.
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri