Abay – buyuk qozoq shoiri va maʼrifatparvari

20 Dec, 2022 - 19:54
517
Abay – buyuk qozoq shoiri va maʼrifatparvari

Axborot va matbuot xizmati

“Abay” tarixiy dramasi qozoq adabiyotining asoschilaridan biri atoqli yozuvchi Muxtor Avezov qalamiga mabsub. Yozuvchi mazkur asarni yaratish barobarida uzoq izlanishlar olib bordi. Buning natijasi o‘laroq “Abay” tarixiy romani dunyoga keldi.

Bugun, O‘zbek milliy akademik drama teatrida taniqli rejissyor O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston san’at arbobi Marat Azimov tomonidan qayta sahnalashtirilgan “Abay” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Spektakl o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, voqealar ketma-ketligi asosida Qozoq ma’rifatparvari ulug‘ mutafakkir Abayning murakkab hayot yo‘li, ma’rifatga chorlovchi ijodi haqida yorqin va ta’sirli tarzda hikoya qilishi bilan ahamiyatlidir.  

Spektaklda bosh rolni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Ismoilov ijro etdi. Sahna bezaklari teatr rassomi, O‘zbekiston san’at arbobi Baxtiyor To‘rayev tomonidan yaratilgan. 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash