Qoraqalpoq teatri Qirg‘izistonda
20 Dec, 2022 - 13:03
576
Axborot va matbuot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi “Qurqit ota” spektakli bilan Qirg‘iziston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
Ikki kun davom etgan tashrif davomida teatr jamoasi tomonidan Qirg‘iz davlat akademik drama teatrida namoyish etilgan mazkur spektakl tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Spektakl ijodkorlari Qirg‘iz respublikasi Madaniyat, sport, turizm, axborot va yoshlar siyosati vazirligi faxriy yorlig‘i, shuningdek, “Uranim Manas” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Qolaversa, Qizg‘iz davlat yoshlar teatri va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.