Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!
19 Dec, 2022 - 16:06
693
Axborot va matbuot xizmati
Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy ko'rinishidir.
Xususan, Madaniyat vazirligi tomonidan ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun Toshkent shahrida joylashgan 36-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mehrli qalblar” bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda elimiz suygan aktyor va aktrisalar hamda yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida qiziqarli badiiy va sahna asarlaridan parchalar va she’riy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida bolajonlarga Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy nomidagi axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan badiiy va she’riy kitoblar jamlanmasi topshirildi.