Bobur Mirzo siymosi hamisha barhayot
18 Dec, 2022 - 21:00
498
Axborot va matbuot xizmati
Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr she'riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan bir qatorda yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qoldirgan.
Jumladan, mamlakatamizda shoh va shoir Z.M.Bobur siymosiga hurmat va e'tibor, uning ijod namunalari bilan yosh avlodni yaqindan tanishtiriah borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 10-delabr kuni Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar Maqom musiqalitaetrida N.Abbosxonning "Bobur Mirzo" asari asosida musiqali maqom spektaklining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Spektakl O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri birinchi o'rinbosari B.Axmedov va bir guruh hay'at a'zolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.
Mazkur spektakl rejissyor D.Haqberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan.
Taqdimotdan so‘ng Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Axmedov teatr jamoasi bilan uchrashib teatrning rivojlantirish uchun kerakli tavsiyalar berib kelgusi yil rejalari belgilab olindi.