“Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda
15 Dec, 2022 - 14:03
535
Axborot va matbuot xizmati
Qish faslida isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi yong'in xavfini ortishiga sabab bo‘ladi. Yong'inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yurtimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar “Yong'in xavfsizligi oyligi” o'tkazilmoqda.
Jumaladan, kuni kecha “Turkiston” sanʼat saroyida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ishchi xodimlari ishtirokida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish davomida yong‘in xavfsizligini taʼminlash, xususan yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda yong‘in xavfsizligi oyligini samarali o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqish, ularda yong‘in xavfsizligini taʼminlashga dahldor bo‘lgan barcha tegishli vazifalarni taqsimlash, tizimdagi madaniyat muassasalarida yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilayotgani haqida reklama yozuvlarini, plakatlar joylashtirish hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlashga jamoatchilikning keng jalb etilishini taʼminlash borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi hamda korxonadagi mavjud birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan qanday foydalanishlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.