Forum har jihatdan mazmunli va samarali kechdi
14 Dec, 2022 - 19:07
576
Axborot va matbuot xizmati
Turli doiradagi uchrashuvlar, tadbir, muhokamalar va taqdirlanishlarni oʻz ichiga qamrab olgan MDH ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumining soʻnggi kunida ishtirokchilar shoʼbalarga boʻlinib, qator mavzularda muhokamalarni davom ettirdilar.
Xususan, “MDH davlatlarining fan va taʼlim hamjamiyati”, “MDHning soʻnggi madaniya kodeksi: hamkorlikni rivojlantirish vektorlari”, “Hamdoʻstlik mamlakatlari adabiyoti – integratsiyaning yangi mexanizmlari”, “Hamdoʻstlik mamlakatlari yoshlar hamkorligi” kabi mavzular yuzasidan ishtirokchilar oʻzaro fikr-mulohaza almashdilar.
Forumning yopilish marosimidan soʻng esa yakuniy rezolyusiya imzolandi.
Umuman aytganda, Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilgan mazkur forum davomida ilm va ijod ahli bilan oʻtgan har daqiqamiz biz uchun ham samarali kechdi. Ayniqsa, yoshlar uchun oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyish, xalqaro maydondagi tengdoshlari bilan fikr-mulohaza va tajriba almashish uchun juda yaxshi imkoniyatlar taqdim etdi.
Xulosa oʻrnida esa Jomiy hazratlarining ushbu soʻzlarini keltirishni lozim topdik:
Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim...
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri