Senat Raisi MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi boshqaruvi vakillari bilan uchrashdi

14 Dec, 2022 - 17:36
478
Senat Raisi MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi boshqaruvi vakillari bilan uchrashdi

Axborot va matbuot xizmati

Bugun, 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi boshqaruvi raisi, Ozarbayjon Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Po‘lad Bulbul o‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.  

Maʼlumot o‘rnida aytish joiz,  MDH jamg‘armasi 2006 yil 25 maydagi Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan imzolangan Bitimga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, davlatlararo notijorat tashkilot hisoblanadi.

Uchrashuvda O‘zbekistoning mazkur jamg‘arma bilan hamkorlik istiqbollari xususan, madaniyat, fan, taʼlim va boshqa gumanitar sohalarda ko‘p tomonlama aloqalarni mustahkamlash, mazkur yo‘nalishdagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Senat raisi T.Narbayeva xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da mustahkamlash va kengaytirish uchun MDH davlatlararo tuzilmalari, birinchi navbatda, Davlatlararo jamg‘arma imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini taʼkidlab o‘tdi.

Jamg‘armasi boshqaruvi raisi, P.Bulbul o‘g‘li O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, tashrif davomida barcha sohalarda jumladan, madaniy-gumanitar yo‘nalishda keskin o‘zgarishlarga guvoh bo‘lgani, bu albatta Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan, madaniyat va yoshlar masalalariga katta eʼtibor berayotganidan dalolat ekanini alohida qayd etdi.    

Suhbat chog‘ida MDH aʼzo mamlakatlari akademik doiralari o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham fikr almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash