Sirdaryoda Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbir o‘tkazildi

07 Dec, 2022 - 15:16
510
Sirdaryoda Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbir o‘tkazildi

Axborot va matbuot xizmati

Bugun O‘zbekistion Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Unda turli sohalarda mehnat qilayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Qolaversa, Teatr estrada simfonik orkestrning Vatanga muhabbat va sadoqat, tinchlik, do‘stlik, hamjihatlik kabi ezgu g‘oyalarni tarannum qilgan bayram konserti tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash