“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi

06 Dec, 2022 - 16:30
1194
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi

Axborot va matbuot xizmati

Konstitutsiyamiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini taʼminlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida 2022 yil 8 noyabrda
Davlat Rahbarining PF–243-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi

Xususan, bugun Madaniyat vazirligida “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.
Unda, bir guruh madaniyat va san’at sohasi vakillari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan Bosh qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan “Inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Zero, inson islohotlar uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash