“Zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari” tanlovi natijalari eʼlon qilindi

05 Dec, 2022 - 18:27
854
“Zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari” tanlovi natijalari eʼlon qilindi

Axborot va matbuot xizmati

Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini shakllantirishda teatr sanʼatining o‘rni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Bugun, madaniyat va sanʼatni, xususan teatrni rivojlantirish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.
Jumladan, Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi PQ-3201-sonli qarori, 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 9-sonli qarori va 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Tarixiy, zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari tanlovi” o‘tkazildi.
Mazkur tanlovga taqdim etilgan 80 dan oshiq sahna asarlari sohada faoliyat olib borayotgan tajribali dramaturg, rejissyor, sanʼatshunos va teatrshunos olimlar tomonidan saralanib, g‘oliblar ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi.

- Tanlov 3 yo‘nalishda tashkil etildi, saralash natijalariga ko‘ra:
Zamonaviy dramatik yo‘nalishi:
1-o‘rin U.Azim “Sog‘inch”,
2-o‘rin G.Matyakubova “Intizor yillar”,
3-o‘rin A.Yo‘ldoshev “Yuragida yo‘lbars yotgan ayol”, H.Rasul “Vulqon” 

Musiqali drama yo‘nalishi:
1 va 2 o‘ringa munosib nomzod topilmadi
3-o‘rin J.Jovliyevning “O‘rik gullari”

Qo‘g‘irchoq pyesalar yo‘nalishi:
1-o‘rin To‘ra Mirza “Oy qani, hoy”,
2-o‘rin B.Aytmuratovning “Vijdon haqida ertak”,
3-o‘rin M.Ergashevaning “G‘ozlar”

Tanlov g‘oliblari belgilangan tartibda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Qolaversa, tanlovda ishtirok etgan 20 dan oshiq asarlar davlat teatrlarining badiiy kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash