Bor mehrimiz bolalarga!

02 Dec, 2022 - 17:35
483
Bor mehrimiz bolalarga!

Axborot va matbuot xizmati

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi. 
Darhaqiqat, imkoniyati cheklangan bolalarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat bo'lish, qalbiga quloq solish, muammolariga yechim topish va ularga amaliy ko'mak berish savobli ishdir.
Bu esa o’z navbatida eʼtibortalab insonlarning hayotga moslashishi, taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumaladan, bugun Yashnobod tumanidagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan ko`zi ojizlar maktab-internatida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Respublika Markaziy ko'zi ojizlar kutubxonasi va "O'zbekkonsert" davlat muassasasi hamkorligida "3-dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan “Bor mehrimiz bolalarga!” shiori ostida badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
Unda, Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida tayyorlangan audio kitoblar jamlanmasi hamda Lui Brayl alifbosida chop etilgan kitoblar taqdim etildi. 
Shuningdek, "O'zbekkonsert" davlat muassasasining xonandalari Jasur Mavlonov, Nargiza Azimova, Nodirabegim va so'z ustasi Ma'murjon Xolmedovlarning badiiy chiqishlari bolajonlarga quvonch bag'ishladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash