"Open Asia" xalqaro tanlovi bo'lib o'tdi
17 Nov, 2022 - 17:40
641
Axborot va matbuot xizmati
Toshkent davlat konservatoriyasida “Open Asia”xalqaro tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda Rossiya,Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston hamda O’zbekistondan 370 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Xoreografiya, vokal, cholg’u va tasviriy san’at yo’nalishlari bo’yicha bo'lib o'tgan ushbu tanlovda Sergeli tumani Madaniyat markazining “Elnur” vokal va raqs ansambli namunali bolalar guruhi ishtirok etib, vokal nominatsiyasida faxrli 1-o’rinni qo'lga kiritdi.
Uch kun davomida bo'lib o'tgan tanlov yakunida gala-konsert va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.