Madaniyat vakillarining uchrashuvi
17 Nov, 2022 - 14:07
567
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda Ozarbayjon Madaniyat vaziri o‘rinbosari Vagif Aliev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Ozarbayjon vakili chuqur tarixiy ildizlarga ega o‘zbek va ozar xalqlarining mustahkam do‘stlik aloqalari, madaniy - ma'naviy qadriyatlar, an'analar va tarixning o‘zaro uyg‘unligi, bugun ana shu rishtalar ikki davlat o‘rtasida mustahkam ishonch va yuksak hurmatga asoslangan holda davom etayotganini alohida ta'kidladi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon mavjud madaniy aloqalarning samarali natijalari va kelgusi istiqbollarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, o‘zbek va ozar madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida o‘zaro tajriba almashish, opera va balet, teatr, madaniyat va san'at yo‘nalishidagi ta'lim muassasalari hamda sirk sohasida yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.