Mirzagul Sapaeva tavalludining 60 yilligi bo'lib o'tdi
17 Nov, 2022 - 14:02
483
Axborot va matbuot xizmati
Kuni kecha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik katta teatrida O'zbekiston Xalq artisti, Qoraqalpog'istonda va Turkmanistonda xizmat ko'rsatgan artist, Mirzagul Sapaeva tavalludining 60 yilligi bo'lib o'tdi.
37 yillik ijodiy faoliyati davomida O'zbek va Qoraqalpoq qo'shiqchilik hamda teatr san'ati rivojiga munosib hissa qo'sgan taniqli va jonkuyar san'atkor M.Sapaevaga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tabriknomasini Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Otabek Djuraev o'qib eshittirdi va qutlug' ayyom bilan samimiy muborakbod etdi!
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining vokalisti M.Sapaevaga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyurig'iga asosan "Madaniyat va San'at fidokori" ko'krak nishoni O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq artisti Munojot Yo'lchiyeva tomonidan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengash Raisining tegishli qaroriga asosan Qoraqalpog'iston Xalq artisti unvoni Jo'qorg'i Kengash qo'mita raisi Dovud Qurbonniyazov tomonidan topshirildi!
O'zbek va qoraqalpoq milliy qo'shiqchilik hamda teatr san'atining fidoiy, jonkuyar san'atkori M.Sapaevaga qo'shaloq faxriy unvonlar muborak bo'lsin!