Qaror ijrosi amalda

16 Nov, 2022 - 09:10
503
Qaror ijrosi amalda

Axborot va matbuot xizmati

Kuni kecha Farg'ona viloyati Toshloq tumani “Naima” madaniyat markazida “Botir Zokirov” nomidagi milliy-estrada simfonik orkestrining konsert dasturi bo’lib otdi.

Ushbu konsert dasturida ijro etilgan musiqiy asarlar tomoshabinlarga manzur bo'lib, ularga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Konsert yakunida orkestr jamoasi Toshloq tumani hokimligi va Madaniyat boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ushbu jamoaning kelgusi konsert dasturi bugun 16-noyabr soat 16:00 da Namangan viloyati Yangiqorgon tumani Madaniyat markazida bo`lishi kutilmoqda. Barcha musiqa ihlosmandlarini “Botir Zokirov”  nomidagi milliy-estrada simfonik orkestrining navbatdagi konsert dasturiga taklif etamiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash