YUKSАK UNVON MUBORАK BOʼLSIN!

25 Aug, 2021 - 00:55
714
YUKSАK UNVON MUBORАK BOʼLSIN!

O`zbekiston Qahramoni

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 4 nafar yurtdoshlarimiz, xususan, Yunus Rajabiy nomidagi Oʼzbek milliy musiqa sanʼati instituti «Maqom xonandaligi» kafedrasi professori Yoʼlchiyeva Munojatxon Аbduvalievnaga «Oʼzbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon — «Oltin yulduz» medali topshirildi.

Shu munosabat bilan ustoz sanʼatkor bilan uchrashib, davlatimiz rahbari nomidan samimiy qutladik. 

Sirasi kelganda taʼkidlash joizki, Munojat Yoʼlchiyeva oʼz mehnati, sabru-qanoati va ustozlari Oʼzbekiston xalq artisti Muhammadjon Mirzayev, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Shavkat Mirzayevga nafaqat yaxshi shogird, balki, farzandidek xizmatda boʼlgani, ularning har bir sabogʼiga ham hayotda, ham ijodda amal qilgani uchun ham bugungidek muvaffaqqiyatlarga erisha oldi. 

Darhaqiqat, ustoz sanʼatkorning ana shunday oliy insoniy fazilati bugun sanʼatga qadam qoʼygan koʼplab yoshlar uchun ibrat maktabi boʼla oladi.

Oʼzbek maqomini, shu bilan birga haqiqiy oʼzbek ayoli siymosini butun dunyoga tanitgan, chin maʼnoda “Maqom malikasi” nomiga munosib boʼlgan Munojatxonim Yoʼlchiyevani mehnatlarining eng munosib bahosi — ushbu yuksak unvon bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash