Bursada yangragan milliy navolarimiz dillarga zavqu-shavq bag'ishladi

05 Nov, 2022 - 17:45
547
Bursada yangragan milliy navolarimiz dillarga zavqu-shavq bag'ishladi

Axborot va matbuot xizmati

Turkiyaning Bursa shahrida 1-noyabr kuni boshlangan "Qo'rqut ota" xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun Turkiyada bo'lib turgan kinoijodkorlarimiz bilan uchrashib, suhbatlashdik.

Shuningdek, festival doirasida "O'zbekiston kunlari" konsert dasturi tashkil qilindi. Bu orqali Turkiyada yashayotgan vatandoshlarimizga yurt nafasini biroz bo'lsa-da yetkaza oldik, degan umiddamiz.

E'tiborlisi, o'zbek milliy musiqa san'ati durdonalarini maroq bilan tinglagan turkiyalik o'zbek san'ati ixlosmandlari hamda TURKSOY xalqaro tashkilotiga a'zo davlatlar madaniyat vazirlari konsert taassurotlari o'zgacha va unutilmas bo'lganini alohida e'tirof etishdi.

Muxtasar aytganda, bu kabi festivallar tarixda ham, bugun ham bir-biriga yelkadosh, maslakdosh bo'lgan xalqlar, mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ygan turkiy tilli davlatlar o'rtasidagi madaniyat almashinuvini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz.

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash