TАYINLOV
23 Aug, 2021 - 18:00
667
Boshqarma boshlig`i tayinlandi
Madaniyat vazirligi tizimida yana bir yangi tayinlov — Toʼraev Isoh Latipovich Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʼi etib tayinlandi.
Shu kunga qadar M.Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori, Qarshi shahar “Muloqot” teatr studiyasi ish boshqaruvchi direktori, “Eski masjid” teatr studiyasi badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi bosh rejissyori kabi bir necha masʼuliyatli vazifalarda mehnat qilib kelayotgan Isoh Toʼraev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar esa, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori vazifalarda ishlab turgan edi.
Oʼylaymizki, I.Toʼraev ushbu vazifaga bor kuch, bilim va tajribasini ishga solib, masʼuliyat bilan yondoshadi.